#eʼlon
Assalomu alaykum, hurmatli kanalimiz aʼzolari!
So‘nggi paytlarda o‘qishlarimiz sabab kanalga yetarlicha vaqt ajrata olmayapmiz. Natijada, avvalgidek foydali kontentlar soni sezilarli darajada kamayib ketdi. (Deyarli yoʻq, desa ham boʻladi.)
Shu bois kanalni arab tilidan chuqur xabardor hamda muntazam sifatli kontent tayyorlay oladigan kishiga topshirishga qaror qildik.
E’tiboringiz va hozirgacha bo‘lgan qo‘llab-quvvatlashingiz uchun tashakkur. Yangi admin bilan ushbu kanal endilikda yangi nom va yangicha uslub bilan davom etadi inshaalloh. Eng muhimi, bu, siz, aziz obunachilarga, yanada manfaatli boʻladi, degan umiddamiz!
Alloh taolo barchamizga foydali ilm ato qilsin...