#Odam Hayotimni shu davrigacha ko‘p amin bo‘lganim, jamiyatga qo‘shilib, o‘z yo‘lingizni boshlab olayotganingizda — xoh bu maktab, kollej yoki universitet bo‘lsin — agar o‘z ichki olamingizni, ruhingizni tarbiyalab olmasangiz, bunga harakat ham qilmasangiz, oldiga bir oliy maqsad qo‘ygan inson sifatida hayotingizda ko‘p qiynalasiz. Samimiy insonlar atrofimizda juda oz. Ishonavering, hattoki o‘zimiz ham ko‘pincha samimiyatdan, ishlarimizdagi ixlosdan yiroqlashganmiz. Shuningdek, shu o‘rinda yana ko‘p amin bo‘lganim: agar biz hayotimizga nabaviy axloqni singdirsak va odamlar bilan bo‘lgan muomalada ham bunga amal qilsak, haqiqy baxt-saodatga erishib, kundalik ishlarimiz, muomala-munosabatlarimizda muvaffaqiyat topamiz. Niyati pok, samimiy tabassumli, rostgo‘y, adolatli, ishini puxta bajaruvchi, yaxshilikka haris, yomonlikdan yiroq, ko‘nglida kibri yo‘q, maqtanchoqlikdan holi — kamtarin, biror kishiga yomonlikni ravo ko‘rmaydigan, qalbida g‘illi-g‘ashlik saqlamaydigan, birovga hasadi yo‘q, aksincha odamlarga doim yaxshilikni ravo ko‘ruvchi... Qanchamiz shundaymiz?! Ayting-chi, agar har bir maktab, universitet o‘quvchisi hech bo‘lmaganda mana shu sifatlarga ega bo‘lsa, jamiyatda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? Endi har bir soha egasi shunday sifatlarni o‘zida jamlasa-chi? Jamiyatda qanday ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishini tasavvur qilyapsizmi?! Biz ust-boshimizga, uy-joyimizga, markabimizga, tanamizni shakli-shamoili uchun tasarrufda chegarani bilmaymiz. Ammo jismimiz va ruhimiz salomatligi doim ro‘yxatni oxirida bo‘lib kelgan, yoki umuman bo‘lmagan. 👉 @OdamOlam — Tafakkur qiling!
Odam Hayotimni shu davrigacha ko‘p amin bo‘lganim, jamiyatga… — Odam va Olam — TG.ME
August 17, 2025 898 1 5