#Odam
Faqat birgina suyak boshqa suyak bilan bog'lanmagan
Inson skeletidagi barcha suyaklar ham bir-biriga bog'langan emas. Istisnolardan biri — tilosti suyagidir.
"U" harfi shaklidagi tilosti suyak tilning pastki qismida joylashgan bo'lib yuqoridagi bosh va jag' suyaklarining muskullari va ligamentlari yordamida ushlanib turadi. Ushbu suyak odamlarga gapirish, nafas olish va yutinishda xizmat qiladi.
Tilosti suyagini sinishi juda kam hollarda uchraydi va o'limdan keyingi tekshiruvda tilosti suyagining siniq holda topilishi marhum bo'g'ilganini yoki osilganini anglatishi mumkin.
Manbalar asosida tarjima qilindi.
👉 @OdamOlam

11
1July 2, 2021 4.4K 22