#bloknot #ózimga
Solon — Afina qonun chiqaruvchisi va donishmandi — bir kuni boy va qudratidan faxrlanadigan Lidiyalik qirol Kroesusga tashrif buyurdi. Kroesus undan o'zini aytishini kutib, dunyodagi eng baxtli odam kimligini so‘radi. Ammo Solon bunday qilmadi. U, buning o‘rniga, sharafli hayot kechirgan va mardona vafot etgan oddiy odamlardan misollar keltirdi. Kroesus bu fikrga qarshi chiqqanida, Solon mashhur ogohlantirishini aytdi:
"Odamning oxiri nima bilan tugashini bilmasdan, uni baxtli deb bo‘lmaydi"
Jamiyatda katta shon-shuhratga erishmagan, lekin o‘z burchini halol bajarib, el-yurt va oilasi davrasida xotirjam umr kechirgan oddiy insonlar ko‘pincha eng baxtli kishilardir.
P. s: Olloh hammamizni avval-u oxirimizni go’zal qilsin va ortimizdan faqat yaxshi xotiralar va ezgu amallar qoldirish nasib qilsin!
👉 @Nodirbek_math 🇺🇿
