#bloknot
🧠 Mindset nima va u sizning natijalaringizni qanday belgilaydi?
Ko‘pchilik muvaffaqiyat siri faqat bilimlarda deb o‘ylaydi. Lekin aslida hammasi Mindset — ya'ni fikrlash tarzimiz va ruhiy pozitsiyamizdan boshlanadi.
Sodda qilib aytganda, mindset — bu "miyangizning operatsion tizimi". U muammolarga qanday yondashishingiz, xatolarga munosabatingiz va o‘zingizga bo‘lgan ishonchingizni shakllantiradi.
Stenford universiteti psixologi Carol Dweck fikrlash tarzini 2 ta asosiy turga ajratadi:
1️⃣ Fixed Mindset (O‘zgarmas fikrlash tarzi)
Insonning iqtidori, zakovati va qobiliyatlari tug‘ma beriladi va ularni o‘zgartirib bo‘lmaydi deydi
Xatolardan va mag'lubiyatdan qo'rqadi. Qiyinchilik duch kelganda tez taslim bo'ladi. Boshqalarning muvaffaqiyatidan tahdid his qiladi.
Ular: "Men matematikaga uquvsizman, baribir eplay olmayman."
2️⃣ Growth Mindset (Rivojlanuvchi fikrlash tarzi)
Har qanday ko‘nikma va aqliy salohiyatni mehnat va to‘g‘ri yondashuv bilan rivojlantirsa bo‘ladi.
Xatolarga tajriba va o‘rganish imkoniyati deb qaraydi.
Qiyinchiliklarni chorlov (challenge) sifatida qabul qiladi. Doimiy izlanishda va rivojlanishda bo‘ladi.
Ular: "Men buni hozircha bilmayman, lekin harakat qilsam o‘rganib olaman!"
Siz qanday fikrlasangiz, harakatlaringiz va hayotingiz ham shunga mos ravishda shakllanadi:
Muammoni "to‘siq" deb ko‘rasizmi yoki *"o‘sish nuqtasi"*mi — buni mindset hal qiladi.
Rivojlanuvchi fikrlash tarziga ega insonlar uzoq muddatda sezilarli darajada yuqoriroq natijalarga erishadilar.
Mindset qotib qolgan narsa emas — uni o‘zgartirish va qayta sozlash mumkin.
O‘z fikrlash qoliplaringizni anglang va har kuni o‘zingizga "Hozircha eplay olmayapman, lekin tez orada o‘rganaman" deyishni odat qiling!
👉 @Nodirbek_math 🇺🇿
4
3
1
1
1
1August 3, 2026 346