#bloknot #ózimga
Xarakter bu hech kim ko‘rmayotgan paytda qiladigan tanlovingdir.
Boshqalardan ajralish uchun irodangni quyidagi 3 ta qoida bilan shakllantir:
1-Qoida.
O'z so'zingda turish:
O‘zingga bergan va‘dangni boshqalarga berganingdan ustun qo‘y.
Agar "ertaga 5 da turaman" dedingmi dunyo ostin-ustun bo‘lsa ham tur.
Miyang sening har bir so‘zingni "qonun" deb qabul qilsa, o‘zingga bo‘lgan ishonching oshadi.
2-Qoida.
Qiyinchilikdan qochma:
Comfort zonangni tark etib tur.
Har kuni o‘zing yoqtirmaydigan, lekin foydali bitta ishni qil:
Bunga misol, og‘ir mashq yoki eng yoqimsiz lekin foydali ish bo'lishi mumkin.
Bu irodangni har qanday holatga bardosh beradigan "beton"ga aylantiradi.
3-Qoida.
Mas’uliyatli bo'lish:
Ishing o'xshamasligiga ob-havoni, hukumatni yoki atrofdagilarni ayblashni to‘xtat.
Hattoki senga bog‘liq bo‘lmagan xatoda ham: "Buning oldini olish uchun shaxsan men nima qilmagandim?" deb so‘ra.
Aybdorni qidirishni to‘xtatganingda, yechim topiladi.
Bu odatlar seni shunchaki "yaxshi" qilmaydi, ular seni bardoshli qiladi.
Intizom bu o‘zing xohlagan narsa uchun o‘zing yoqtirgan narsadan voz kechishdir.
P.s: Bu gaplarni o‘qib qo‘ygandan foyda yo‘q, agar ularni amalda qo‘llashni o‘rganmasang.
👉 @Nodirbek_math 🇺🇿
4
2
2
1August 22, 2026 268 2 2