#bloknot
Hech kim kalitsiz qulf yasamaganidek, hayot ham yechimi bo’lmagan muammoni bermaydi.
— Fridrix Nitsshe
Ko'pincha hayotda murakkab vaziyatga duch kelganimizda, tushkunlikka tushamiz. Lekin keling, buni haqiqiy matematiklar ko'zi bilan tahlil qilamiz:
Har bir tenglamaning ildizi bor: Agar hayot sizga "tenglama" taqdim etgan bo'lsa, demak, uning noma'lumlarini (x va y) topish imkonini ham bergan.
To'g'ri burchak ostida qarash: Geometriyada ba'zan qiyin masalani yechish uchun shunchaki bitta qo'shimcha chiziq o'tkazish yoki shaklga mutlaqo boshqa burchakdan qarash kifoya qiladi. Hayotdagi "qulflar" ham ba'zan qarashlarimizni o'zgartirishimizni kutadi.
Mantiqiy izchillik:
Eng chalkash masalalar ham bosqichma-bosqich, zanjirsimon mantiq bilan yechiladi. Hayotiy muammolarni ham birdaniga emas, bo'laklarga bo'lib hal qilish kerak.
Matematikada yechilmaydigan masala bo'lmaganidek, hayotda ham har qanday vaziyatdan chiqish yo'lini topishni imkoni bor.
👉 @Nodirbek_math 🇺🇿
10
1
1
1
1July 9, 2026 691 1 1