Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish va qarzdorlikka qarshi… — “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANAL — TG.ME

⚡️ Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish va qarzdorlikka qarshi nazorat ishlari davom etmoqda

Namangan viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash, iste’molchilarning mavjud qarzdorligini undirish hamda qarzdor iste’molchilarni elektr tarmog‘idan ajratish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Hududiy elektr tarmoqlari AJ Namangan hududiy filiali hamda “Energosavdo” filiali xodimlari tomonidan Namangan shahri, Davlatobod va Yangi Namangan tumanlarida nazorat tadbirlari tashkil etilmoqda.

Reydlar davomida elektr energiyasidan qarzdor bo‘la turib foydalanayotgan, jumladan, yirik iste’molchilar aniqlanib, belgilangan tartibda elektr tarmog‘idan ajratilmoqda.

🔌 Elektr energiyasidan oqilona foydalaning va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshiring!

#Namangan #ElektrEnergiya #HududiyElektrTarmoqlari #Qarzdorlik #Nazorat
❤2
September 4, 2026 1.1K 4