⚡️ Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Shahboz Abdullayev Prezident huzuridagi Boshqaruv akademiyasida aholi bilan ishlash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularni samarali hal etish masalalariga bag‘ishlangan yetti kunlik o‘quv seminarida ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirib qaytdi.
🔹 Seminar davomida murojaatlar bilan ishlashning zamonaviy yondashuvlari, fuqarolar murojaatlariga e’tiborli va mas’uliyatli munosabatda bo‘lish, ularni o‘z vaqtida va sifatli hal etish bo‘yicha muhim bilimlar olindi.
🤝 Endilikda o‘quv-seminarda o‘zlashtirilgan bilim va tajribalarni jamoa hamda xodimlar faoliyatiga tatbiq etish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsad qilingan.
🎥
Batafsil — videolavhada.
