NOQONUNIY ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANISH HOLATIGA BARHAM BERILDI… — “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANAL — TG.ME

⚡️ NOQONUNIY ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANISH HOLATIGA BARHAM BERILDI

Namangan shahrida aholi xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida faoliyat yurituvchi oshxona faoliyati o‘rganilib, joyiga chiqib nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

🔎 O‘rganish davomida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlanib, iste’mol qilingan elektr energiyasi bo‘yicha tegishli tafovut qayd etildi.

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi.

⚠️ Aniqlangan qoidabuzarlik bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, mazkur obyekt elektr ta’minotidan uzildi.

📌 Eslatib o‘tamiz: elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish nafaqat iqtisodiy zarar yetkazadi, balki amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

⚡️ Elektr energiyasidan oqilona va qonuniy foydalanaylik!
❤5🔥2
September 2, 2026 1.4K 6