⚡️ ELEKTR ENERGIYASIDAN QARZDORLIK — TA’MINOT UZILISHIGA SABAB BO‘LADI!
📍 Namangan shahrida xalq tilida “Remike baliqxonasi” deb nomlangan Aholiga xizmat ko‘rsatish punktining elektr ta’minoti elektr energiyasidan 31 million so‘mdan ortiq qarzdorlik sababli uzildi.
🔴 Hozirda hududlarda elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha reyd tadbirlari davom etmoqda.
Tadbirlar davomida:
⚠️ elektr energiyasidan qarzdor iste’molchilar;
⚠️ elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari;
⚠️ amaldagi qoidalarga zid ulanishlar
aniqlanib, tegishli choralar ko‘rilmoqda.
💡 Eslatib o‘tamiz: elektr energiyasidan qarzdorlikni o‘z vaqtida bartaraf etish — elektr ta’minoti uzilishining oldini olishning eng muhim choralaridan biridir.
📢 Qarzdorlikni o‘z vaqtida to‘lang va elektr energiyasidan qonuniy foydalaning!
#Namangan #ElektrEnergiya #Qarzdorlik #Reyd #ElektrTalimoti #Ogohlantirish
1
1
1September 3, 2026 1.3K 5