Malik’s Thoughts: post #169 — TG.ME

🪧Starting from the bottom

Kecha Germaniyaga qadam bosganimga roppa rosa 18 oy bo‘ldi.

Shundoq o‘tirib, oyoqni yozib, o‘tkan bu umrimga nazar solarkanman endi bu dunyoga qarash bir-yarim yil oldingidan ancha farq qilayotganini anglamoqdaman.

Xo‘sh nimalar o‘zgardi? Nimalarni uddasidan chiqdim/chiqmoqdaman? Nimalarni yo‘qotdim yoki yo‘qotmaqdaman? Qanday xatolar bo‘ldi? Yutuqlarchi? Balki afsuslar bordir?!

Aynan lekin men bu yerlarda yurib anglagan asosiy narsa bu o’zligim bo’ldi.

Yes my friend men o‘zimni 27 yoshimda, yelkamda alohida oila maasuliyati, 3,5 yosh qizimga otalik, murakkab kariera boshlash oldida, vatandagi ko‘pchilikni umidi bo‘lib turgan holatimda endigina topdim.

O‘tkan umrning aksar qismi soxtalikda o‘tkanligini, kimnidir meni judge qilishidan cho‘chib yashaganligimni, qandaydir shaxsga yoqish uchun qilingan mulozamatlaru, o‘zimga yoqmasa ham qandaydir qoliplarga tushganligimni tushundim.

Yana shuni tushindimki, o‘sha meni judge qiladigan odamlar hech qanaqasiga meni judge qiladigan darajada emasligini angladim. Ularning mendanda yaxshiroq qila olgan narsasi mendan o’tkan ikkiyuzlamachi bo‘lganliklari ekanligini angladim.

Bu balki Egoni ham shakllanishidir. Agar bu ego bo‘lsa, bildimki egoistik fikrlash va avvalo o’zini birinchi o’ylash yomon fazilat emas.

Bu yo‘l yangi, aytiladigan gaplar ko’p, hali yechilmagan masalalar bor.


stay hard

Mannheim
9.12.2025
December 9, 2025 4.5K 12