Xattoki köchada ovqatlanib yurishibdi...
Deb xabar tarqalishini kutayotganlar ham bordir a? )) ''Ego defense'' plus ''Cognitive dissonance''
Ketishimdan oldin, qöllab-quvvatlaganlardan köra, borib nima ham qilasan, g'irt begona joylarda, g'irt begona odamlar bilan yashab yurasanmi deganlar köproq edi. Balki begona bölgan joylarda yashagandirmiz, lekin begonalar bilan emas. Joylar ham allaqachon begona bölmay qoldi.
Rasmda körganingiz bu odatiy 2-3 haftalik yig'ilishlarimizdan biri. Hammasi özimizni qoraközlar. Kimdir yaqinda kelgan, hali yölni boshida. Kimdir allaqachon shu hududlarning eng kuchli Klinikalarida Rezidenturasini boshlagan akalarimiz. Men yashayotgan hududning 30 km radiusini özida 40 dan köp akalarimiz yashaydi va deyarli hammasi oilasi bilan. Ular bilan Özbekistonda sinfdoshlarim bilan körishgandan köp körishamiz. Bu hafta ekstremal qilib ''Water skiing'' qilib kördik.)) VIDEOLAR
Xösh nimaga bularni yozib vaqtingizni olyapman. Oxirgi kunlarda juda köp tushkunlikka tushgan va ishonchni yöqotgan yigitlar bilan gaplashib qoldim. Jarayonni qiyinlashib ketganidan köpchilik tushkunlikda. Bir narsani aniq ayta olaman. Biz kelgan vaqtda ham oson emas edi. Meni özim ham harakat boshlaganimdan 6 oy ötib ish topilgan.
Hozirda kelmoqchi bölganlarning köpaygani hisobiga harakatni boshidan vizani qölga olishgacha bölgan muddat uzoqroq bölib qolgan bölishi mumkin. Biroq harakat qilgan hali ham kelmoqda. Harakatdan töxtagan esa ''Dejurstvo''ga.
Siz qilishingiz kerak bölgan narsa bu Nemis tili sertifikatini olib qöyib, ish topilishini kutib ötirish emas. Sertifikatni oling va Özbekistondagi ishingizni qilishda davom eting. Ishni esa Instagram titkilaydigan vaqtingizda qidiring yoki shunchaki kimgadir pulini beringda Instagramni titib ötiravering. Shunda hech narsadan yutqazmaysiz.
Germaniyadagi MFA bozorini kelajagi haqida ham köp söradinglar. Men kelajakni bashorat qilolmayman. Lekin real fikrlasak bozor hech qachon töyinmaydi. Sababi hozir MFA bölib ishlayotganlar uzog'i 2 yilda Approbatsiyasini olib böladi va öz örnini böshatadi. Kasalxonalar esa kamaymaydi. Birgina muammo bölishi mumkin bölgan narsa bu elchixona.
Doim ''B'' planingiz bölsin...
* Datenschutz hisobiga yuzlarni berkitdik.





