24-iyun kuni men Germaniyada tibbiy bilimimni tan oldirishga mo'ljallangan imtihon(Kenntnissprüfung)dan o'ta olmadim. Birinchi urunish - failed.
Yiqilishimga eng alamli qiladigan sabablar - na bilimdagi, na tilimdagi kamchiliklar bo'ldi. Ular, subektiv va obektiv bo'ldi. Subektiv sabalarini gapirishimdan foyda yo'q, o'zim uchun olib qo'ydim. Men tomonimdan bo'lgan sababi haqida to'xtalmoqchiman.
Imtihondan oldingi davr paytida, o'zimga haddan tashqari ishonch shakllanayotgan edi. Shu tariqa bilimimga, intelektual kuchimga, til salohiyatimga ishonchim o'ta yuqori bo'lib ketgandi. Lekin, men payqamagan yana bir xislat - arrogance ham orada shakllanib qolgan edi ekan.
Ishxonada, uyda, ko'chada, guruhlardagi simulyatsilardagi sheriklar, bu yerdagi hamyurtlar bilan uchrashuvlarda ham o'zim payqamagan holatda, o'ta tez reaksiya beradigan va gapni oxirigacha eshitishni xoxlamay qo'ygan edim.
O'rtada ayolim eslatdi, Javohir eslatdi e'tibor qaratmadim. "I thought it was a part of winning."
Imtihonda esa menga aytilgan asosiy kritika esa aynan shu bo'ldi. „Sie hören sich die Frage nicht bis zum Ende an.“ tarjimasi, "Siz bizni oxirigacha eshitmayabsiz." then i got humbled...
Oradan 3 hafta o'tdi, tushunarsiz o'ylar, javobsiz savollar, uyqusiz tunlaru, achchiq self talk. Bu tuyg'uni oxirgi 2016 yilda xis qilgan ekanman. Ko'p tanlovlar bor, lekin hammasi ham haqiqiy yechim emas. Feeling sorry for myself is no option anymore.
Endi nima? Davom etamiz, kamchiliklarni to'ldirmiz, shakllanayotgan mentalityni yanada ehtiyotkorona quramiz. Bizni yaqindan biladigan insonlarning kritikalarini tinglaymiz. Insecuritylarga yanada jiddiyroq yondashamiz. Haqiqiy rejalarni tuzuvchiga yanada yaqinroq bo'lamiz.
Mannheim, 16.07.2026
stay hard