Malik’s Thoughts: post #174 — TG.ME

🪵O’zinga ishonch haqida

O‘ziga ishonchni ikki xil turi bo‘ladi:

1. After school special believe.

2. Built Believe.


1. “After school special belief” – tashqi manbalardan keladigan ishonch. O‘qituvchi, ota-ona: “Sen zo‘rsan” deyishadi, doimo qo‘llab-quvvatlaydi. Har qanday vaziyatda yonida turib „sen uddalaysan“ deb dalda, ishonch berib turishadi.

2. “Built belief” – inson o‘zi qurgan haqiqiy ishonch. Qiyin vaziyatdan o‘tasiz, qo‘rqib turib ham harakat qilasiz, har kungi intizom. Shu orqali yanada qiyin va murakkab ishlarni inson qila boshlaydi. Miyada qaytariladigan asosiy gap,- “men qiyin narsani qila olaman. Chunki oldin ham qilganman.” bo‘ladi.

Afsuski birinchi turdagi ishonch ko‘pchilikka berilmaydi yoki shakllantirilmaydi(sabablari ko‘p, bu haqida keyinroq).

Ikkinchi ishonchni shakllantirish uchun esa, biz inson sifatida juda ko‘p muammo va mashaqqatlarni yengib o‘tishimiz, o‘zimizga o’zimiz kecha bergan va‘dalarimizni bajarishimiz, yiqilgandan keyin o‘zimizni qayta turgiza olishimiz va eng asosiysi shu jarayonda bizga ishonchizlik bildirayotkan va bu yo’lda chalg‘itayotgan inson/hayollar/nafs/vaziyat/sharoitga yo‘limdan qoch(f* you)deya olishimiz kerak bo‘ladi.

Aynan, Sport bu ishonchni shakllantirishdagi eng asosiy manba, chunki o‘z jismoniy holatimizni kundan kunga yaxshilayotganlarni payqash orqali natijalarimizni nazorat qilib bora olamiz. Xullas, men Fevral oyida shu yo‘lda 27 soat vaqtimni Sport bilan o‘tkazdim, batafsil Stravada.

Reja oson bo‘ldi: Lift More Than Runners, Run More Than Lifters.


stay hard

Mannheim, 02.03.26.
March 2, 2026 2.5K 7