Malik’s Thoughts: post #166 — TG.ME

🪾Yaxshi odamlar

Qaysidir kuni ijtimoiy tarmoqda bir postga ko‘zim tushdi:

„Hozirgi paytda jamiyat yaxshi odamlarni qadrlash o‘rniga, aksincha ulardan foydalanadigan bo‘lib qolgan“.

Men bu fikrni to‘g‘ri deb hisoblayman. Inson hamma uchun qancha ochiq ko’ngil va xojantmand bo‘lsa, shuncha undan o‘z foydasi uchun foydalanadiganlar topiladi.

Masalani ikkinchi tomoni, bunday toifadagi odamlarni ko‘pchiligi bu holatni biladi va bunga ko‘z yumadi.

Sababi ular, munosabat va rishtalarini saqlab qolishni, qanaqadir dramalar paydo qilmaslikni va asosiysi o‘zlarini ichki hotirjamliklarini shu orqali saqlashni tanlashadi.

Yana bir jihati shuki, aynan o‘sha insonlar siz bilan biz yashayotgan jamiyatlarning ma‘naviy hamda ruhiy ustunlaridir.

P.S: 1 oydan so‘ng nafaqaga chiqadigan nemis hamkasabam bilan qurilgan uzoq suhbat va o‘z kuzatuvlarim post bo‘lganda.


26.11.2025
Mannheim
November 26, 2025 3.7K 5