Malik’s Thoughts: post #162 — TG.ME

📖Reading 50

Ikkinchi kitob: „Oydin tunlar“-Feodor Dostoyevskiy.

Voqealar markazida Peterburgning hamma bilar, borgisi kelar “oydin tunlar”i. Ya’ni bu shunday tunlarki juda kam soat qorong’u bo’ladi. Tun ham yorqinlikdan iborat. Yolg’izlikdan aziyat chekar, xayolparast, ko’chalarni xayol surgancha aylanadigan bir yigit. Ismi noma’lum.

Va albattaki hamma bilar Nastenka. Ha, u aynan Nastenka. Qissa bir qarashda ko’z yoshlarga, kutilishlarga to’ladek ko’rinsada, ammo tub zaminida umid, insoniy tuyg’ularning nozik tomonlari, yolg’izlik yotadi.

Bu kitob Dostoyevskiy kitoblari ichida o‘qigan birinchi kitobim. Balki nemis tilida o‘qanim uchunmi yoki xissiyotlar 19 asrnikidan farq qilganidanmi, kitob ta‘sirli bo‘lib chiqmadi. Balki bu asarni ruhini, aynan o‘z sevgisiga yetolmaganlar anglab yetar.

Ha mayli, shunga qaramay quyida kitobdan olingan mazmunli jumlalarni qoldirman:

- Ko‘chalarda sandiroqlab yurarkanman, mutlaqo notanish yo‘lovchilarni kuzatishni, ularning yuzlarini o‘rganishni va kimligini, qanday yashashini, nima bilan shug‘ullanishini, ayni damda ularni nima qiziqtirayotganini bilishni yaxshi ko‘raman.

- Koʻkda yulduzlar charaqlab turar, osmon shunchalik yorugʻ ediki, unga qarab, beixtiyor oʻzingdan-oʻzing: nahotki shunday osmon ostida ham serjahl va tajang odamlar yashasa, deb soʻraging keladi.

- Bu nihoyasiz orzular olamida qandaydir umid uchquni borligiga ishonging keladi.

Mannheim
4.10.2025
October 4, 2025 2.5K 3