Malik’s Thoughts: post #150 — TG.ME

Malikam

Bugun siz bilan hayrlashganimizga roppa-rosa 60 kun bo‘pti qizim.

Kunlarim o'zim bilan bo'lib tez o'tsada, tunlarim sizsiz to'xtab qolgandak. Ongimda turfa xil fikrlar bo'lsada, hayollarimda faqat o'ziz. Jismonan bu Germaniya ko'chalarini kashf etib yurgan bo'lsamda, ruhan o'zaro rishtalarimiz uzoqlashayotgani qalbimni hira qiladi.

Har gaplashganimizda tilimda salom alik qilamanu, sizi har telefonga qarab kulib qarashlariz qalbimdagi sog'inchimni bosish o'rniga, aksincha kattalashtiradi. Kelib telefondagi dadangizni yuzini o'pib ketasizu, o'sha paytda sizi hayolizda nima o'tadi bilmadimu, lekin meni o'zimga ko'p savollar berishimga majbur qiladi.

Ha qizim, sizsiz bu yerda kunlarim zerikarli. Ha qizim, sizsiz bu yerda tunlarim bedor. Ha qizim, sizsiz bu yerda dadangiz yolg'iz. Ha qizim, o‘zizdachi qizim?

07.08.2024
Mannheim, Germaniya
August 7, 2024 2.5K 17