Dardkash
"They're hearing without listening..."
-from The Sound of Silence
Ba'zan, bu dunyo bir jonimizga og'irlik qilishni boshlaganida, shunchaki, hech bir so'z aytmay, oldimizda o'tirgancha bizni unsiz tinglashlarini istab qolamiz. Hech bir maslahatlarsiz, ovutish-u tasallilarsiz, hech qanday gaplarsiz, shunchaki tinglashlarini xohlaymiz.
Lekin, buni hamma ham eplolmaydi. Bir qarashda eng oson ishdek tuyilgan bu "jim o'tirib tinglash"ga hammaning ham uquvi yetavermaydi. Aslida, bu yillar davomida shakillanuvchi fazilatdir. Empathetic - dardkash insonlar hammani o'ziga tortadi. Hamma unga kelib dardini aytib yengillab olishni istaydi. Ammo, dardkashlik fazilatining ham, qanchalik insoniy, qanchalik ezgu bo'lmasin, o'ziga yarasha badali bor. Dardkashlik insondan avvalo katta energiya talab qiladi. Vaholanki, oddiy odamning bunga jismonan va ruxan qurbi yetmaydi. Hammaning dardini tinglab uni yetarlicha protses qilmaslik vaqti kelib burnout - charchoq, yoki ruhiy krizisga sabab bo'ladi.
Undan tashqari, o'ta ta'sirchan insonlarda, atrofdagilarning holatini tez ilg'ab olishlari sababli, odatda empathy - hamdardlik hissi kuchli bo'ladi. Aynan shu sababdan ham ular odamlar bilan muloqotda nisbatan tez toliqib qolishadi, va ma'lum vaqt yolg'iz qolishga ehtiyoj sezishadi.
Shunday bo'lsada, o'zida hamdardlik hislatini shakillantirish ijtimoiy hayotda va odamlar bilan munosabat o'rnatishda katta ahamiyatga egadir. Bolalarga kichlikligidanoq emotsiyalar va ular bilan ishlash haqida tushuncha berib borish ulaga kelajakda o'zgalar va o'zi bilan sog'lom munosabatlar o'rnatishda katta yordam beradi.
#WAGMI
Mannheim, Germaniya
25.07.24

July 25, 2024 2.1K 5