Dune Mesihi — Dune romanining davomidir. Asar siyosiy hokimiyat, din… — kitobооkniga — TG.ME

Dune Mesihi — Dune romanining davomidir. Asar siyosiy hokimiyat, din, insonning “qutqaruvchi”ga bo‘lgan ehtiyoji haqida chuqur falsafiy asar. Birinchi kitobda qahramon sifatida ko‘ringan Pol Atreides bu asarda murakkab va fojeali shaxs sifatida ifodalangan.

Uning eng katta fojeasi kelajakni ko‘ra olishida, lekin undan qocholmasligida.

Asarda kelajakni ko‘rish qobiliyati bu ijobiy emas, balki la’nat ekanligi ma'nosi berilgan.

Yozuvchi shu orqali:
Inson hamma narsani bilsa ham erkin bo‘lolmasligini, haddan tashqari nazorat insonni falaj qilishi mumkinligini ta'kidlagandek.

Pol kelajakdagi dahshatlarni ko‘radi, ammo ularni to‘xtatishga o'zini kuchsizdek his qiladi. Uning ichki konflikti:
“Men insoniyatni qutqaryapmanmi yoki falokatga olib ketyapmanmi?”

Herbert Polni ideal lider emas, balki hokimiyatning og‘ir yukini ko‘tarayotgan inson sifatida ko‘rsatadi.

Asarda din va siyosatning birlashuvi sezilarli ko'rsatilgan.
Din hokimiyat quroli sifatida ishlatiladi.
🔥2
May 19, 2026 511 1