Bilasiz, men redaktor bo‘lib ishlayman. Hozir trend bo‘lib turgan “hook” bilan bog‘liq videolar, ayniqsa reels ustida ham aynan men ishlayman. Xususan, “NmaGap” loyihasida.
Reels aslida oddiy ko‘ringani bilan, juda hisob-kitob bilan yasaladi. Mehmon suhbat boshida aytgan gap o‘rtaga, o‘rtada aytgan gap oxiriga qo‘yilishi mumkin. Negaki, hech kim kamera qarshisida har doim mukammal qilib, bir tekis gapirmaydi. Biz esa shu parchalar ichidan eng kuchlisini topamiz.
Eng muhimi birinchi 3 soniya. Agar shu 3 soniyada tomoshabinni yoqasidan tutib, ushlab qololmasangiz u ketadi.
Montajerlar bilan doim yonma-yon ishlayman. Ba’zida o’zim montaj qilaman. V1, V2, V3… ba’zida V5 gacha boradi. (ya’ni menga yoqmaydi va o’zgartiriladi) Har safar o‘zgartiramiz, kesamiz, qayta yig‘amiz. Oxirida esa chindan ham pishgan kontent chiqadi.
Tajribamda ikki katta loyiha bo‘lgan: NQE va NmaGap. Qizig‘i, NmaGapda ish boshlaganimda juda toza, odobli, xavfsiz joylarni kesib chiqarganman. Keyin menga biz aqlli ko’rinishimiz kerak emas deb tushuntirishgan. Odamlar ideal gaplarni emas haqiqiy, ba’zida jinni, ba’zida noqulay, lekin rost gaplarni ko‘rishni xohlaydi.
NQE’da men ko‘proq teacherni to‘g‘ri ko‘rsatishga harakat qilganman. Hatto bir safar teaser sababli meni teacherni yomon ko‘rsatdi deb o‘ylashgan. (Konsta bilan bo’lgan suhbatda) Aslida esa vaziyat shunday bo‘lgan. Suhbatda tortishuv bo‘lgan va aynan shu moment qiziq edi. Intro nima uchun intro agarda boshidan odamni tortmasa.
Shu yerda muhim nuqta bor. Kamera oldida aytilgan har bir gap bu material va bu materialni qanday yig‘ish redaktorning ishi. Gapirgan gapi uchun gapirgan odam javobgar. (Menga buni farqi yo’q) Shuning uchun suhbatga chiqqan odam bitta narsani tushunishi kerak. Mikrofonga gapirgan gapi allaqachon kontekstdan ajralishi mumkin bo‘lgan kontent.
Biz esa bitta narsaga javobgarmiz, e’tiborni ushlab turadigan, ishlaydigan reels qilish. Bugungi kontent dunyosida diqqat eng qimmat resurs. Kim uni ushlay olsa, o‘sha yutadi.
⌨️Bu redaktorning faqatgina reels yasash bo’yicha ish vazifasi edi.
#🎈