Biz ulg‘ayar ekanmiz, hayotimizdagi eng muhim narsa kelajakda… — kitobооkniga — TG.ME

Biz ulg‘ayar ekanmiz, hayotimizdagi eng muhim narsa kelajakda bo‘ladigan voqealar ekaniga ishontirishadi. Ota-onalar bolalariga hozirdan yaxshi odatlar orttirshi, kelajakda farovon yashashlari uchun foydaligi uqtiriladi. O‘qituvchilar esa o‘quvchilarni bugungi zerikarli darslar keyinchalik ish izlashda foyda beradi deb ishontirishadi. Kompaniyadagi direktor yordamchilari va xodimlariga sabr qilib, ko‘p ishlashlarini aytadi, chunki shunday qilishsa bir kun kelib rahbarlik lavozimiga ko‘tarilishlarini ehtimoli kutiladi.
Oldinga intilish uchun olib borilgan uzoq kurashning oxirida esa bizni “oltin pensiya yillari” kutayotgandek tasvirlashadi.  Ralph Waldo Emerson aytganidek:

“Biz doimo yashashga tayyorlanamiz, ammo hech qachon yashamaymiz.”

Yoki kambag‘al Frances haqidagi bolalar ertagida o‘rgatilganidek, non va murabbo hech qachon bugunga emas — doimo erta uchun.

📖 Flow: The Psychology of Optimal Experience — Mihaly Csikszentmihalyi
🔥2❤‍🔥1💔1
May 10, 2026 438 7