Aksariyat yozuvchilar hayot haqiqatlarini aytishda ramziylikdan foydalanadilar. Bulgakovning mazkur asarini o‘qirkanmiz, sho‘ro jamiyatining kirdikorlari fantastika tarzida fosh yetilganiga guvoh bo‘lamiz. Olim Preobrajenskiy itga odam miyasini ko‘chirib o‘tqazadi va jonivor Sharikov deb nom qo‘yilgan odamsifat maxluqqa — ongli, ammo ityurak bir mavjudotga aylanadi.
O‘sha davr uchun ma’joziy ma’noga ega bo‘lgan, ammo bugungi kunga kelib "it+yurak"ka aylanish xavfi asta-sekin fantastikadan uzoqlashib boryapti. Bu endi ertak emas. Inson bo‘lib qolmoq uchun nima qilish kerak? Birinchi galda ushbu kitob bilan tanishib chiqish zarur.
