Savodxonlik Probel Probel — bu soʻzlar orasidagi boʻsh joy, interval… — Elektron kitoblar — TG.ME

#Savodxonlik

Probel

Probel — bu soʻzlar orasidagi boʻsh joy, interval. Afsuski, koʻpchilik buni oʻz oʻrnida ishlata olmaydi. Shu bois bugun uni toʻgʻri qoʻllashni oʻrganamiz:

1. Har bir soʻz orasi ochib yoziladi:
Xushkelibsiz
Xush kelibsiz


2. Nuqtadan keyin joy ochib yoziladi:
Salom.Bugun dushanba
Salom. Bugun dushanba


3. Nuqtadan oldin probel qoʻyilmaydi:
Salom .Bugun dushanba
Salom. Bugun dushanba


4. Vergul, ikki nuqta (:), nuqtali vergul (;), undov belgisi (!), soʻroq belgisi (?), gap soʻngidagi uch nuqta (...) uchun ham xuddi shu qoidalar amal qiladi:
Nima ?Ha ,mayli
Nima? Ha, mayli


5. Defis (-) bilan yoziladigan juft soʻzlar, takror soʻzlar, baʼzi qoʻshimchalar (-ku, -da, -a, -u va b.) orasida boʻsh joy qoldirmay yoziladi:
Oldi - berdi
Oldi-berdi

Asta - sekin
Asta-sekin


6. Umuman olganda, defisning ikki tarafida hech qachon boʻsh joy boʻlmaydi. Faqatgina osma defis bundan mustasno:
5 - noyabr
5-noyabr


Audio - va videoaloqa
Audio- va videoaloqa


7. Vaqt oraligʻini ifodalash uchun ishlatiladigan qisqa tire (–) qatnashgan soʻzlar boʻsh joy qoldirmay yoziladi:
3 – 4 dona
3–4 dona


1941 – 1945-yillar
1941–1945-yillar


8. Gaplarni va gap boʻlaklarini ikkiga ajratuvchi tire (—) har ikki tomondan boʻsh joy qoldirib yoziladi:
Til—bu millat gʻururi
Til — bu millat gʻururi

Qaragʻay—bu daraxt
Qaragʻay — bu daraxt


9. Qavs ichidagi soʻz yoki soʻzlar qavsdan ajratmay yoziladi:
( Qavs ichidagi soʻz )
(Qavs ichidagi soʻz)


10. Qoʻshtirnoq ichidagi soʻzlar ham qoʻshtirnoqdan ajratmay yoziladi:
“ Qoʻshtirnoq ichidagi soʻz ”
“Qoʻshtirnoq ichidagi soʻz”


11. Son yoki boshqa biror belgidan soʻng birikib kelgan qoʻshimchalar ajratib yoziladi:
15dan ziyod
15 dan ziyod

100%gacha
100% gacha

(*Foiz belgisini son bilan qoʻshib yoki ajratib yozish borasida turli qarashlar mavjud)

12. Dona sonlar raqamlar bilan yozilsa, ta alohida yoziladi:
5ta
5 ta


©️xatoliklar

📚 @kitoblar_pdf
❤‍🔥4👍3❤2
August 27, 2026 1.2K 6