YANA SHE’RIMGA (Sonet) She’rim! Yana o’zing yaxshisan, Boqqa kirsang… — Elektron kitoblar — TG.ME

YANA SHE’RIMGA

(Sonet)

She’rim! Yana o’zing yaxshisan,
Boqqa kirsang, gullar sharmanda.
Bir men emas, hayot shaxsisan,
Jonim kabi yashaysan manda.

Yuragimning dardi — naqshisan,
Qilolmayman seni hech kanda!
O’t bo’lurmi ishqi yo’q tanda?
Dardimsanki, she’rim yaxshisan.

Sen orada ko’prik bo’lding-da,
Geyne bilan o’rtoq tutindim.
Lermontovdan ko’mak o’tindim.

Butun umrim sening bo’yningda.
Saharda qon tupursam, mayli.
Men — Majnunman, she’rim, sen — Layli!

— Usmon Nosir

📚 @kitoblar_pdf
👍5❤4
August 29, 2026 1.2K 8