Nazmiy 📜 Sog‘ina, sog‘ina, sog‘inmay qo‘ydim, Endi menga baribir
 — Elektron kitoblar — TG.ME

#Nazmiy

📜

Sog‘ina, sog‘ina, sog‘inmay qo‘ydim, 
Endi menga baribir kelsang, kelmasang. 
Qo‘lingdan kelsa gar osmonni tashla, 
Endi menga baribir sevsa, sevmasang!

Sog‘ina, sog‘ina, sog‘inmay qo‘ydim, 
Xo‘p, telba ko‘nglimga cho‘pchaklar aytdim. 
Aldashni o‘rgandim yurakni boplab, 
Daryoga oborib suqormay qaytdim.

Sog‘ina, sog‘ina, sog‘inmay qo‘ydim, 
Tili bo‘lsa aytsin shu to‘rt devorning. 
Endi men sira ham yig‘lamay qo‘ydim, 
Qo‘limga olmayman qaytib ishq tornini.

Sog‘ina, sog‘ina, sog‘inmay qo‘ydim, 
Axir ne orttirdim kuyib-kuyinib. 
Yashayman endi men bir odam bo‘lib, 
Qornim to‘q, ustim but, shunga suyiniib.

Sog‘ina, sog‘ina, sog‘inmay qo‘ydim, 
Ko‘ksimga bir mushtlab oxir unuttim. 
Endi sen kimsan-u nedir muhabbat, 
Bu o‘t peshonamni qismatga tutdim. 
Sog‘ina, sog‘ina, sog‘inmay qo‘ydim...

✍ Farida Afruz

📚 @kitoblar_pdf
đŸ”„5😭4👍3â€â€đŸ”„1😐1😎1
August 28, 2026 1.1K 15