Lev Tolstoy 📖 "Anna Karenina" Badiiy adabiyotda muhabbat mavzusida… — Elektron kitoblar — TG.ME

✍️ Lev Tolstoy
📖 "Anna Karenina"

Badiiy adabiyotda muhabbat mavzusida yozilgan asarlar qanchalik ko‘p bo‘lmasin, ularning hech birida taqdirlar, qismatlar, fojialar, o‘ylar, qarashlar bir-birini takrorlamaydi. Navoiyning Laylisi-yu Majnuni, Shekspirning Otellosi-yu Dezdemonasi, Knut Gamsunning Edvardasi, Chingiz Aytmatovning Jamilasi... Lev Tolstoyning Anna Kareninasi ham haqli ravishda mana shunday asar qahramonlari safida turadiki, adib ijodiga oshno bo‘lgan har bir kitobxon buni yaxshi anglaydi.

Adabiyotdan panoh istagan, adabiyotni ma’naviy kamoloti uchun zarur deb bilgan kitob ixlosmandlari e’tiboriga havola etilayotgan daho ijodkorning beqiyos asari - “Anna Karenina” Sizga yana yangi dunyolarni ochishga shay.


📚 @kitoblar_pdf
Anna Karenina [@kitoblar_pdf].pdf38.9 MB · PDF
🔥4❤3👍1
August 20, 2026 2.7K 31