NDKTU olimlari Orolning qurigan tubida cho‘l yaylovlarini barpo etish innovatsion loyihasi ustida ish olib bormoqda
Agromuhandislik va kommunikatsion texnologiyalar fakulteti “Agronomiya” kafedrasi olimlari tomonidan Innovatsion rivojlanish agentligi granti asosida “Orol bo‘yida qurg‘oqchilik va sho‘rga chidamli chorvabop va dorivor cho‘l o‘simliklar turlarini tanlab yetishtirish va qayta ishlash” mavzusida amaliy loyiha bajarilmoqda.
2025-2028-yillarga mo‘ljallangan loyihaning innovatsion jihati shundaki, loyiha davomida cho‘l o‘simliklarini faqatgina o‘rganib qolmay, balki ularni lokal hududlarda introduksiya usulida ko‘paytirish texnologiyalari ishlab chiqiladi.
Asosiy maqsad Orolning qurigan tubida yangi cho‘l yaylovlari barpo etish va va bu orqali hududning ekologik muvozanatini qayta tiklash sanaladi. Bugungi kunda ushbu dolzarb mavzu bo‘yicha bir qator ijobiy natijalarga erishildi.
📢 NDKTU Axborot xizmati
Bizni kuzatib boring:
📲 NDKTU RASMIY KANALI


















