Jarayonlar Qiziltepa tumani 3-son texnikumiga Innovatsion rivojlanish… — IRA Navoiy — TG.ME

#Jarayonlar

Qiziltepa tumani 3-son texnikumiga Innovatsion rivojlanish agentligi bosh mutaxassisi O‘tkir Mirzayev tashrif buyurdi.

Tashrif davomida “O‘zbekistonda startap ekotizimi va startaplarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida trening, va davra suhbati tashkil etildi. Unda o‘quvchilarga "Eng yaxshi innovatsion g‘oya" tanlovi haqida batafsil ma’lumot berildi.


Tadbirda startap loyihasi, innovatsion yoki biznes g‘oyasi mavjud bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yangilik va innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, startap loyihalarini rivojlantirish uchun qaytarib berilmaydigan pul mukofotlari ajratilishi, tanlovda ishtirok etish tartibi va loyiha ustida ishlash bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati

Bizni kuzating👇
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website
👍1
September 18, 2026 57