IRA Navoiy: #39-post — TG.ME

📚 “Mohirlik va biznes soati” doirasida mashg‘ulot o‘tkazildi.


Karmana tumanidagi 2-sonli texnikumda “Mohirlik va biznes soati” tadbiri doirasida o‘quvchilar uchun “Startap g‘oyalar va innovatsion tadbirkorlik uchun normativ-huquqiy hujjatlar” mavzusida nazariy va amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.


📑 Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga O‘zbekistonda startap ekotizimining shakllanishi va rivojlanishi, innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda yoshlarning biznes tashabbuslarini amalga oshirishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

⚖️ Shuningdek, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, innovatsion faoliyatni rivojlantirish imkoniyatlari, yosh tadbirkorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va mavjud imtiyozlar haqida tushunchalar berildi.

💡 Nazariy mashg‘ulot davomida startap g‘oyasini shakllantirish, mavjud muammoni aniqlash, unga innovatsion yechim taklif etish, loyihani rivojlantirish va tadbirkorlik faoliyatini qonunchilik asosida tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🧩 Amaliy mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarga o‘z hududlarida mavjud muammolarni aniqlash, ularga zamonaviy yechimlar ishlab chiqish, istiqbolli biznes g‘oyalarni shakllantirish hamda ularni startap loyihaga aylantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

🤝 O‘quvchilarning innovatsion g‘oyalari tinglanib, ularni amaliyotga joriy etish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va tegishli huquqiy imkoniyatlardan foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

💬 Mashg‘ulot yakunida savol-javob va ochiq muloqot tashkil etilib, o‘quvchilarning startap, innovatsion tadbirkorlik hamda normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha bilimlari mustahkamlandi.

🚀 Yoshlarning innovatsion g‘oyalari — yangi imkoniyatlar va kelajakdagi muvaffaqiyatli loyihalar poydevoridir!

Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati

Bizni kuzating👇
Facebook | Instagram | Youtube | Telegram | Website
👏1
September 19, 2026 97