Pichoqlar urishdi, o‘lmadim, Dorlarga osishdi, o‘lmadim, Olovda… — INTERPRETATSIYA — TG.ME

Pichoqlar urishdi, o‘lmadim,
Dorlarga osishdi, o‘lmadim,
Olovda yoqishdi, o‘lmadim,
Ammo...

O‘ldirisholmadi boltada chopib,
Hatto,
Ko‘mib tashlab ham yerga,
Arralashsa hamki, tirikman,
Yem qilsalar hamki,
Yirtqich bir sherga...
Ammo...

Chidadim,
Quyishsa ishqorlar
Boshimdan xuddiki suvdayin.
Muzlatsa, tosh qilsa ham qorlar,
Yashadim,
Yashadim o‘lmayin.
Ammo...

Ko‘zlarimga mix qoqsalar ham,
Yuragimni sug‘ursalar ham,
Terimni shilsa ham jallodlar,
Baribir o‘lmadim,
Tirikman,
Ammo...

Ammo
Begonaga bir boqib kulding,
Yiqildim, kifoya qildi menga shu
Hatto o‘ylamadim,
Doʻstdir senga u...
Rashk qilib o‘ldim-u,
Sen sezmay qolding...

©️Bobirjon Boymatov

📕 INTERPRETATSIYA
July 15, 2026 226 5