asardan_iqtiboslar Bemulohaza o‘jarlik — shunday bir tentaklikki, u… — INTERPRETATSIYA — TG.ME

#asardan_iqtiboslar

Bemulohaza o‘jarlik — shunday bir tentaklikki, u ahmoqlik bilan o‘pishib ko‘rishadi va bora-bora, muqarrar, shu ahmoqlik maqomiga yetishadi.

Har bir odamning ko‘zida doim uning tafakkuri aks etib turadi.

Mabodo mutafakkir odam fikrlay olmaydigan omi kishilar davrasiga kirib qolsa, oradan birmuncha vaqt o‘tishi bilan barcha aqli noqis odamlar tiniq aql sohibi istiqboli sari astoydil va izzat-ehtirom ila intila boshlaydilar.

Shunday odamlar borki, ular o‘zga kishilar qalbini xuddi temirni o‘ziga tortgan magnit kabi jazb etadilar.

Shon-shuhrat va nafrat hamisha yelkama-yelka yuradi.

Qullar mehri xojalar nafratini ikki hissa oshiradi.

Irodasi baquvvat odamlarning o‘lim oldidan aytgan so‘zlari benihoya ulkan salobat kasb etadi.

“Klod Gyo” Viktor Gyugo

📕 INTERPRETATSIYA
👍1
July 20, 2026 194 1