▪️Piter prinsipi — bu boshqaruv nazariyasidagi mashhur g‘oya bo‘lib, unga ko‘ra xodimlar o‘z ishida muvaffaqiyat qozongan sari lavozimda ko‘tarilaveradi va oxir-oqibat o‘z kompetensiyasidan yuqori bo‘lgan, uddalay olmaydigan lavozimga yetib boradi.
Bu nazariyani kanadalik pedagog va olim Laurens J. Piter 1969-yilda ilgari surgan. Prinsipga ko‘ra, tashkilotlarda odamlar yangi lavozim uchun zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lgani uchun emas, balki oldingi ishini yaxshi bajargani uchun rag‘batlantiriladi. Natijada ayrim xodimlar rahbarlik yoki murakkab boshqaruv vazifalarida samarasiz bo‘lib qolishi mumkin.
Misol: yaxshi muhandis ajoyib texnik mutaxassis bo‘lishi mumkin, lekin rahbarlikka ko‘tarilgach, odamlarni boshqarish, motivatsiya berish va strategik qarorlar qabul qilishda qiynalishi mumkin.
Intelligenti Pauca

3
1September 9, 2026 90 3