Beorn — J.R.R. Tolkinning "Hobbit" asaridagi kuchli va sirli… — Intelligenti Pauca — TG.ME

▪️Beorn — J.R.R. Tolkinning "Hobbit" asaridagi kuchli va sirli qahramonlardan biridir. U odam qiyofasida yashaydi, lekin istagan paytida ulkan qora ayiqqa aylana oladi. Shuning uchun u teri almashtiruvchi (skin-changer) deb ataladi.

Beornning kelib chiqishi aniq ochib berilmagan, ammo Gandalfning aytishicha, u qadimda Tumanli tog‘lar atrofida yashagan va ayiqqa aylana oladigan odamlar avlodidan chiqqan. U Mirkvud o‘rmoni yaqinida yolg‘iz yashaydi va hayvonlar bilan do‘stona munosabatda bo‘ladi.

Beorn goblinlar va warglarning(bo‘ri-jonzotlar) ashaddiy dushmani hisoblanadi. U Bilbo, Gandalf va mittilarga safarlari davomida boshpana, oziq-ovqat va otlar bilan yordam beradi. Asarning oxirida bo‘lib o‘tgan Besh Qo‘shin Jangida ulkan ayiq qiyofasida qatnashib, ezgulik kuchlarining g‘alabasiga katta hissa qo‘shadi.

Intelligenti Pauca
👍6⚡1🔥1
August 31, 2026 315 2 2