Haast burguti (Hieraaetus moorei) - Yangi Zelandiyaning Janubiy… — Intelligenti Pauca — TG.ME

▪️Haast burguti (Hieraaetus moorei) - Yangi Zelandiyaning Janubiy orolida yashagan, qirilib ketgan yirtqich qush turi bo‘lib, tarixiy davrda ma'lum bo‘lgan eng yirik yirtqich qushlardan biri hisoblanadi.

Urg‘ochilarining vazni 10–14 kg ga, qanotlari kengligi esa 2,6 metrga yetgan. Bu zamonaviy janubiy amerika garpiyasidan 30–40 foiz kattaroq bo‘lgan.

U asosan (moa) yirik uchmaydigan qushlarni ovlagan, shuningdek boshqa katta qushlar bilan ham oziqlangan. Haast burguti o‘ljasini juda kuchli panjalari va uzun tirnoqlari bilan bosh yoki bo‘ynidan ushlab o‘ldirgan. Qisqa qanotlari tufayli uzoq masofaga parvoz qilishga moslashmagan, ammo Yangi Zelandiyaning zich o‘rmonlarida tez va chaqqon ovchi bo‘lgan.

Maoriylar bu qushni Te-Pouakai yoki Te-Hokioi deb atashgan. Moa qushlarining ovlanib qirilib ketishi va odamlarning tabiatga ta'siri natijasida Haast burguti ham taxminan XV asrda yo‘q bo‘lib ketgan. DNK tadqiqotlari uning eng yaqin qarindoshlari mitti burgutlar ekanligini ko‘rsatgan.

Intelligenti Pauca
🔥3❤1👍1💘1
August 25, 2026 407 1 2