#tolkindan_nimadir
▪️"Lembas" noni — J.R.R. Tolkin yaratgan “Uzuklar hukmdori” olamidagi sehrli non bo‘lib, uni elflar tayyorlashadi. Tashqi ko‘rinishi oddiy nonni eslatsa-da, uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, juda kichik bo‘lagi ham odamga uzoq vaqt davomida kuch va quvvat berishi mumkin. Lembas odatda oltin rangli mallorn daraxti barglariga o‘rab saqlanadi, bu esa uning yangiligini uzoq vaqt saqlashga yordam beradi.
Asarda Frodo va Sam Mordorga qilgan og‘ir va xavfli safarlarida aynan lembas bilan oziqlanishadi. Ular uchun bu nafaqat ovqat, balki umid va chidamlilik ramzi ham bo‘ladi.
Intelligenti Pauca

3
3
1
1
1August 21, 2026 2.4K 3 16