Plyushkin sindromi — bu insonning keraksiz yoki qiymati deyarli… — Intelligenti Pauca — TG.ME

▪️Plyushkin sindromi — bu insonning keraksiz yoki qiymati deyarli bo‘lmagan buyumlarni haddan tashqari yig‘ib borishi va ularni tashlab yuborishda qattiq qiynalishi bilan tavsiflanadigan ruhiy holatdir.

Ushbu sindrom nomi Nikolay Gogolning “O‘lik jonlar” asaridagi Plyushkin qahramoni nomidan olingan. Bunday odamlar eski kiyim-kechaklar, qog‘ozlar, qutilar yoki boshqa turli buyumlarni to‘plab yuradilar va ularni tashlash zarur bo‘lsa ham, bunga rozi bo‘la olmaydilar. Natijada uy yoki yashash joyi keraksiz narsalar bilan to‘lib ketadi, bu esa kundalik hayot, gigiyena va ijtimoiy munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Plyushkin sindromi ko‘pincha xavotir, depressiya yoki obsesiv-kompulsiv buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Yoshlikda hamma shu sindromga chalingan bo'lsa kerak)

Intelligenti Pauca
💯9❤2👍2🔥2👏1😁1💘1
August 19, 2026 523 1 10