▪️Pinkerton National Detective Agency 1850-yilda Allan Pinkerton tomonidan AQShda tashkil etilgan eng mashhur xususiy detektiv va qo‘riqlash xizmatlaridan biridir. U dastlab temiryo‘l kompaniyalarini himoya qilish va jinoyatchilarni qo‘lga olish bilan shug‘ullangan.
Pinkerton agentlari AQSh prezidenti Avram Linkolnga qarshi suiqasd rejasini oldindan fosh qilgani bilan tarixda muhim o‘rin egallaydi. Shuningdek, ular “Wild West” davrida ko‘plab jinoyatchilarni ta’qib qilgan va hatto hukumatdan mustaqil kuch sifatida ham faoliyat yuritgan. Bugungi kunda Pinkerton global xavfsizlik kompaniyasiga aylangan bo‘lib, Securitas AB tarkibida faoliyat olib boradi.
Agentlik logosida ochiq ko'z va "Biz hech qachon uxlamaymiz" yozuvlarini ko'rish mumkin.
Intelligenti Pauca

6
3
1
1
1
1May 1, 2026 709 1