Muvaffaqiyat haqidagi 5 ta xato ishonch
Ali Tamaseb 30 000 dan ortiq startapni o'rganadi. Milliard dollarlik kompaniyalarni tahlil qiladi. Natijalarni "Super Founders" kitobida chop etdi. Ma'lumotlar biz ishongan ko'p narsani rad etdi.
1. "Asoschi yosh bo'lishi kerak"
Noto'g'ri. Milliard dollarlik kompaniya asoschilarining o'rtacha yoshi 34. Ko'plari 40 va undan katta yoshda boshlagan. Zuckerberg istisno, qoida emas.
2. Nufuzli diplom kerak
Haqiqat: oddiy universitet bitiruvchilari ham Stanford bitiruvchilari kabi yirik kompaniya qurgan. Diplom emas, ish hal qiladi.
3. "O'qishni tashlaganlar muvaffaqiyatli bo'ladi"
Noto'g'ri. Aksariyati oliy ma'lumotli. Lekin muhim jihati: universitet nufuzi ham hal qiluvchi omil emas. Oddiy universitet bitiruvchilari ham Stanford bitiruvchilari kabi unicorn qurgan.
4. "Sohada tajriba shart"
Noto'g'ri. Asoschilarning yarmidan ko'pi o'zi kirgan sohada umuman ishlamagan. Tashqaridan kelgan odam sohani yangicha ko'radi.
5. "G'oya original bo'lishi kerak"
Noto'g'ri. Ko'p unicornlar mavjud g'oyani yaxshiroq bajargan. Google birinchi qidiruv tizimi emas edi. Facebook birinchi ijtimoiy tarmoq emas edi. Ijro g'oyadan muhim.
6."Xato qilmaslik kerak"
Haqiqat: bu eng muhim topilma. Avval kompaniya qurib, muvaffaqiyatsiz bo'lgan odam keyingisida yutish ehtimoli bir necha barobar yuqori. Xato to'siq emas. Xato tajriba
7. "Raqobatsiz bozor tanlash kerak"
Noto'g'ri. Aksariyat unicornlar kuchli raqobatli bozorga kirgan. Raqobat bor joyda talab ham bor. Muhimi - mahsulot mavjudlaridan sezilarli yaxshi bo'lishi.
8. "Yolg'iz asoschi omadsiz bo'ladi"
Noto'g'ri. Unicornlarning sezilarli qismi yolg'iz asoschi tomonidan qurilgan. Hammuassislar soni muvaffaqiyatga ta'sir qilmaydi.
Muvaffaqiyatni yosh, diplom yoki tug'ma iste'dod belgilamaydi. Uni qilish, xato qilish va qayta qilish belgilaydi.
Muvaffaqiyatni eng katta ta'sir qiluvchi omil: avval kompaniya qurgan bo'lishi. Hatto o'sha kompaniya muvaffaqiyatsiz bo'lsa ham. Avval startap qurgan odam ikkinchisida unicorn yaratish ehtimoli bir necha barobar yuqori bo'ladi. Tajriba diplomdan, yoshdan, sohadan kuchli hisoblanadi.
Farzandingiz xato qilsa, uni to'xtatmang. U hozir eng qimmat darsni olmoqda.
"Super Founders" kitobidan olgan xulosalarim