Unga dunyoda egasi yoʻlida baʼzi ozor (dunyo va oxiratda shuncha ajr vada qilinsa ham)ogʻirlik qilib ketadi.
Baʼzan (koʻrinishidan) uning zarariga (aslida esa foydasiga) joriy boʻlgan taqdirlar sabab "Allohdan xafa boʻldim" deb eʼtirozlari chiqadi.
Ba'zılari esa "Bu ishingdan oʻzinga ham boshqaga ham zarardan boʻlak nima foyda keldi?!" deydi.
Dunyo va oxiratning haqiqatini tushunib yetmagan bunday kishilar imtihon (dunyo) tugamay imtihonning natijasini kutgan shoshqaloq yosh bolaga oʻxshaydi.
Kishi agar oʻzining haddini, Allohning qadrini bilsa bunday oʻy xayollar bilan hech qachon fitnalanmaydi.
Uning nazdida Alloh uchun qilinadigan ish koʻriladigan natijadan muhim boʻladi.
Qilgan ishining evaziga hech narsa berilmasa ham unga farqi boʻlmaydi.
Molik ibn Dinor rohimahulloh aytadilar:
"Men istar edimki qiyomatda Allohning huzuriga borib unga bir sajda qilsam va u mendan roziligini bilsam, soʻngra u menga "Tuproqqa aylanib ket" desada tuproq boʻlib ketsam"
(Sifatus-sofvah)
"Bas, sabr qil, Allohning vaʼdasi haqdir. İshonmaydiganlar seni yengiltaklikka undamasin"
(Rum.60)
©️Bir kishi.
@haniyftv
September 5, 2026 15