Qadar fitnasi" Qadarda sodir boʻladigan baʼzi ishlarga yuzaki… — Haniyf Tv — TG.ME

"Qadar fitnasi"

Qadarda sodir boʻladigan baʼzi ishlarga yuzaki qaralganda dushmanning foydasiga xizmat qilayotgandek koʻrinadi.
Kishiga "Agar shunday boʻlmaganida musulmonlarga yaxshiroq boʻlarmidi?" degan xayollar keladi.
Baʼzan munofiqni hursand qilib gazagiga dori boʻladigan, moʻminni xafa qilib yarasiga tuz sepadigan ishlar sodir boʻladi.
Uhud jangidan keyingi holatga qaralsa munofiqlarning aytgani toʻgʻri chiqqandek boʻlib ularning chakagi oʻchmay qolgan, musulmonlar esa xato qilgandek koʻrindi.
Ammo kishi dunyoga "natija koʻrish" uchun emas "imtihon uchun" kelganini tushunsagina bu holatdan fitnalanib qolmaydi.
(Oli Imron surasi 154, 156, 166,168 oyatlarga qaralsin)

Firʼavn minglab bolalarni oʻldirishi, ayollarni zoʻrlashi, Banu Isroilni xor qilib zaiflashtirishining asosiy sabablaridan biri uni qoʻrqitib taxtining nihoyasini bashorat bergan tushi edi. Shundan omon qolish uchun u bolalarni oʻldirishni boshladi.

Modom Alloh uni halok qilar ekan, unga shu tushni koʻrsatmay imi jimida uni halok qilib yuborsa boʻlmasmidi degan savol tugʻiladi.
Ehtimol shunda u minglab bolalarni oʻldirmas edi?
Unga tushini koʻrsatish goʻyo ari uyaga choʻp tiqishdek boʻldi.
(Bugungi bazı urushlar yahudlar rejalarini amalga oshirishlariga ayni muddao boʻlib koʻringani kabi)

Shunga oʻxshash keyinchalik firʼavn banu Isroilga zulm qilishini bila turib Alloh taolo Muso alayhissalomni uning huzuriga yubordi.
İymon keltirmagan holiga unga moʻjizalar koʻrsatilishi uni mot qilib battar quturishiga sabab boʻldi.
Shundan ozor chekkan banu Isroil Muso alayhissalomga "sen kelishingdan oldin ham kelganingdan keyin ham aziyat chekdik" deb yuborishdi.
(A'rof.129)

Bunga turlicha javob berilishi mumkin.
1-dan Alloh ishining oqibatidan qoʻrqmaydi.
(Shams.15)
Chumchuqdan qoʻrqqan tariq ekmaydi degandek, dushmanidan qoʻrqqan kishigina uning ari uyasiga choʻp tiqishdan ehtiyot boʻladi. Alloh esa hech bir ishining oqibatidan qoʻrqmaydi, bil'aks oʻzining eng zaif maxluqi bilan zolimni qoʻrqitadi.
Haqning alomatlaridan biri zaif holida quvvatli dushmanini qoʻrqitishidadir.
Buni Alloh fiarvn haqida aytadi:
"U (fiarvn) dedi : "Men u (Muso) sizning diningizni oʻzgartirib yuborishidan yoki yerda buzgʻunchilik chiqarishidan qoʻrqayapman"
(Gʻofir.26)

2-dan Allohning adolati komilligidan u hech kimni qilmagan ishiga "qilmoqchi eding" deb jazolamaydi.
Firʼavn dunyo va oxiratda lanati boʻlishi uchun shunga loyiq ishlarni qilishi kerak edi.
U bunday ishlarni qilishi uchun uning ari uyasiga choʻp tiqib kovlanishi kerak edi.
Shundan keyin u tavqi lanatga haqli boʻlar edi.

3-dan Alloh mazlumni zolim orqali sinashni istaydi.
Alloh taolo aytadi:
"Agar Alloh istasa oʻzi ulardan intiqom olar edi. Va lekin sizni ba'zingizni ba'zingiz bilan sinash uchun shunday qiladi"
(Muhammad.4)

Bundan chiqadiki, kimlardir dunyoda jabr koʻrishi, kimlardadir Allohning murodi hosil boʻlishi uchun xizmat qiladi.
Mazlum, zolimda Allohning istagi amalga oshish yoʻlida zulm koʻradi.
Hatto goʻdaklar oʻlimi ham zolimda Allohning maqsadini amalga oshiradi.
Alloh taolo aytadi:
"Ayting namozim, qurbonligim, hayotiim va oʻlimim olamlar Robbisi Alloh uchundir"
(An'om.162)

Ammo bu yoʻlda jabr koʻrgan, oʻlganlar esa xizmatlariga mukofotini oladi.
Shuning uchun yuqoridagi oyat davomida aytadi :
"Va Alloh yoʻlida qatl qilinganlar esa u zot sira ularning amallarini zoyi qilmaydi"
(Muhammad.4)

Inson oʻzining oʻtkinchi hayoti yoʻlida qoʻl ostidagi (oʻzi yaratmagan) maxluqotga rahm qilmaydi. Va ularga hech qanday ajr mukofot ham vaʼda qilmaydi.
Adiyat surasida zikr qilinganidek odamning urush-janjali yoʻlida otlar bir bogʻ somon evaziga egasini mindirib safning oʻrtasiga oʻzini uradi.
Va uning chavaqlanib ketishi evaziga unga na dunyoda na oxiratda biror mukofot vaʼda qilinmagan.
Yana kimdir esa erkak hayvonning eng nozik va kerakli aʼzosi moyagini oʻzining shaxsiy manfaati uchun kesib tashlaydi. Buning evaziga ham u hayvonga na dunyoda na oxiratda hech qanday mukofot vaʼda qilinmagan.

Ammo inson esa, egasiga oʻta nonko'rdir.
(Adiyat.6)
September 5, 2026 13