Ishchilar oylik tizimining yangilangan to‘liq versiyasi ✅ Ushbu tizim… — Google sheets 0dan dastur yaratishgacha (demo) — TG.ME

Ishchilar oylik tizimining yangilangan to‘liq versiyasi

Ushbu tizim sizga gòzal imkoniyatlarni beradi:

- Kunlik ish haqi asosida ishlovchilarni ham, oylik stavka asosida ishlovchilarni ham boshqara olasiz;

- 1 yoki 1.5 smenada ishlagan xodimning maoshi avtomatik hisoblanadi;

- Ishchi necha kun kelgani ham avto hisob-kitob qilinadi;

- Kunlik yoki oylik ish haqi miqdori ozgarsa bir joydan ozgartirib qoyasiz hamma uchun bu tasir qiladi;

- Oylik va avansni xohlagan tolov usuli (naqd, plastik) orqali kiritishingiz mumkin;

- Xodimga keyinroq to‘lashi uchun qarz berish funksiyasi ham mavjud;

- Oylik va yillik hisobot bo‘limlari orqali esa:
1. Har bir xodimning ishlagan kuni va maoshi ko‘rsatiladi;
2. Eski qarzlar yoki ortiqcha to‘lovlar hisobga olinadi;
3. Pul qaysi shaklda berilgani (naqd/plastik/qarz) ajratiladi;
4. Oxirida aniq balans chiqadi – kimga qancha berilishi yoki qaytarilishi kerakligi ko‘rinadi.

Bu ish 1 yil avval qilingan shu yònalishda template bormi deb sorashgan edi ulashib qoyyabman

Kòring, organing ancha foydasi tegadi. Reaksiya bosing men yangi keyslarni yuboraman 🤝

👉 Kurs boyicha feedbeklar
@google_sheets_demo
🔥19⚡6👏5❤3❤‍🔥2🗿2🐳1🏆1🆒1
August 20, 2026 5.5K 2 32