Yana bir yangi ish bo‘yicha kelishuvni yakunladim ✅ To‘g‘risi, ish… — Google sheets 0dan dastur yaratishgacha (demo) — TG.ME

Yana bir yangi ish bo‘yicha kelishuvni yakunladim

To‘g‘risi, ish oson emas. Har xil biznes egalari o‘zidagi muammolarga yechim so‘rab yozishadi. Har safar yangi tizim qurishda miya ancha qiziydi, lekin baribir o‘z ishimni yaxshi ko‘raman.

Ishim shunchaki kod yoki formula yozish emas, qiymat berish:

- Kimdir har kuni soatlab qiladigan ishi osonlashadi va vaqti tejaladi.

- Tizim sababli yillar davomida ko‘rinmagan imkoniyatlar va "teshikdagi pullar" ko‘rinishni boshlaydi.

- Eng muhimi, shaffoflik kiradi: oradagi gumon va tuhmatlarning oldi olinadi, xiyonat bo‘lsa darhol bilinadi.


Natijada biznes egasining og‘iri yengil bo‘ladi, men ham bergan qiymatimga yarasha munosib summa ishlab olaman.

Hullas, ishimni sevaman.
Hammamizni qiymat beruvchilardan qilsin

@google_sheets_demo
👍14❤7🔥3⚡2🗿2🆒2❤‍🔥1🐳1
August 19, 2026 4.1K 3 4