Bizda 2 xil qobiliyat bor: hard skill va soft skill.
Hard skill — kasbiy ko‘nikmalar. Ya’ni biror kasb yoki hunarni bilish. Masalan, dasturlarda ishlashni bilish, moliyaviy hisob-kitob qilish, biror mahsulot yaratish yoki texnik ishni bajarish.
Soft skill — shaxsiy va ijtimoiy ko‘nikmalar. Odamlar bilan ishlashga yordam beradigan qobiliyatlar. Masalan, yaxshi muomala qilish, mas’uliyatli bo‘lish, va’daga amal qilish, vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish va jamoada ishlay olish.
Endi ularning kombinatsiyalarini ko‘rib chiqamiz.
1. Hard skill past + Soft skill past
Bu eng yomon kombinatsiya.
Na biror foydali kasbingiz bor, na odamlar bilan ishlay olasiz. Yangi narsani o‘rganish qiyin, tanqidni qabul qilmaysiz. Natijada eng oddiy ishlarda, minimal maosh evaziga ishlaysiz. Sizni deyarli istalgan odam almashtira oladi.
Taxminiy daromad: $300–400.
2. Hard skill kuchli + Soft skill past
Siz yaxshi mutaxassissiz, lekin o‘sishingiz cheklangan.
Kasbingiz orqali yaxshi daromad topasiz, ammo jamoa boshqarish, biznes qurish yoki katta loyihalarni rivojlantirish qiyin bo‘ladi. Chunki buning uchun odamlar bilan ishlashni ham bilish kerak.
Ko‘pincha bitta darajaga chiqib, o‘sha yerda to‘xtab qolasiz.
Taxminiy daromad: $1000–1500.
3. Hard skill past + Soft skill kuchli
Odamlar sizni yoqtiradi va siz bilan ishlashni xohlaydi.
Birinchi taassurot juda yaxshi bo‘ladi. Lekin vaqt o‘tib, amaliy natija bera olmasligingiz bilinadi. Shuning uchun ba’zan katta pul ishlab, keyin uzoq vaqt daromadsiz qolishingiz mumkin.
Masalan: bir oy $4000–5000, keyingi 3–4 oy esa $0.
4. Hard skill kuchli + Soft skill kuchli
Bu eng kuchli kombinatsiya.
Siz nafaqat ishni o‘zingiz yaxshi bajarasiz, balki boshqalarga ham natija qildira olasiz. Odamlar siz bilan ishlashni xohlaydi, sizga ishonadi va ortingizdan ergashadi.
Chunki siz faqat gapirmaysiz — o‘zingiz ham natija ko‘rsatasiz.
Shu sababli siz kuchli tadbirkor yoki top-menejer bo‘lishingiz mumkin.
Taxminiy daromad: $5000 dan cheksizgacha.
@aqlli_ikkichi