Tizimning asosiy imkoniyatlari:
- Retsept asosida ombor nazorati: Har bir mahsulot bo'yicha aniq retsept kiritiladi. Kunlik ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga qarab, ombordagi xomashyo (go'sht, un, yog', piyoz va h.k.) sarfi va qoldig'i avtomatik hisoblab boriladi. Kamomad va ortiqcha sarf-xarajatning oldi olinadi.
- Sotuv va kassa: Kunlik sotilgan mahsulotlar, chegirmalar va qaytarilgan (vozvrat) mahsulotlar summasi aniq yuritiladi.
- Xarajatlar nazorati: Kommunal (gaz, elektr energiyasi), soliq va boshqa operatsion xarajatlar bitta joyda qayd etiladi.
- Xodimlar va ta'sischilar hisobi: Xodimlarning ish haqi, avanslar va qoldiq qarzlar nazorati yuritiladi. Shuningdek, ta'sischilar o'rtasida sof foyda belgilangan foizlar bo'yicha taqsimlanadi.
- Boshqaruv paneli (Dashboard): Jami tushum, xarajatlar, kassa qoldig'i va sof foyda ko'rsatkichlari bitta oynada aks etadi.
Tizimni olish yoki sizni ishingizga moslangan yechim kerak bolsa: @Andarov_B
Kurs haqida fikrlar | Websayt
@google_sheets_demo






