Biznes egasiga bu tizim nima beradi?
1. Budjet nazorati – pul qayerga ketayotganini aniq ko‘radi
"100 mln so‘m ajratilgan, bu pul kimga qanday asosda berilmoqda?"
— Endi buni hisoblab o‘tirishga hojat yo‘q.
2. Shaffoflik – o‘qituvchilar o‘rtasida adolat hissi paydo bo‘ladi
Bir xil fan, bir xil soat, lekin oylik farqli bo‘lishi asos bilan belgilangan: toifa (A+, A, B+)
3. Moslashuvchanlik – fiksmi, soatbaymi, ustama asosida ishlaydimi farqi yoq, tizimda hammasiga yechim bor
Har qanday o‘qituvchi turiga mos keladi. Fiksa shtatdagilar ham, soatbaychilar ham bir joyda hisoblanadi.
4. Rejalashtirish – o‘qituvchi yollash yoki soat ajratishdan oldin budjet ko‘rinadi
Misol: “Yana 3 o‘qituvchi olish mumkinmi?” degan savolga javobni tizim ko‘rsatadi. Yangi xatolarga yo‘l qo‘yilmaydi.
5. Vaqt tejash – har oyning oxirida qayta-qayta hisoblashga hojat yo‘q
Bir marta sozlasangiz, keyingi oylarda faqat soat kiritasiz – oylik avtomatik chiqadi.
Video 1 yil avval yozilgan, lekin hozir — yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik paytida ayni kerakli mavzu
Reaksiya 🔥
@google_sheets_demo







