Aniq maqsad boʻlmaguncha oʻqimang! Yaqinda bir akamiz shunday deb… — Google sheets 0dan dastur yaratishgacha (demo) — TG.ME

Aniq maqsad boʻlmaguncha oʻqimang!

Yaqinda bir akamiz shunday deb yozib qoldi:
"Men sizni 2024-yildan beri kuzataman. U payt kanalingizda 300 ta odam bor edi. Shu payt ichimda 'Google Sheets’da oʻrganadigan narsa bormi, oddiy narsaku' degandim lekin kanalingizga obuna bolib qoygandim. Keyin videolaringizni koʻrib qiziqib, doimiy kuzatib bordim, lekin baribir ustoz sifatida koʻrishim qiyin boʻldi.

Oxiri qilgan ishlaringiz tartibini va tizimini koʻrib: 'Endi ham chuqur oʻrganmasam boʻlmas ekan' deb yozyapman. Sababi hozir shu tizimni yoʻlga qoʻymasam, kelgusida ishlarim kengayishi hisobiga juda tartibsiz boʻlib ketishini darslaringizni koʻrib tushundim."


Aytmoqchi boʻlganim:
Inson ich-ichidan "Buni oʻrganmasam boʻlmaydi" deb his qilmaguncha va oʻrgatuvchiga nisbatan ishonch/ixlos boʻlmaguncha ilm yuqishi qiyin boʻladi. Agar bu narsani yaxshi tushunib, chin dildan oʻrganishga kirishsangiz, jarayonga tezroq kirishasiz va natijasi ham barakali boʻladi.

Umuman olganda, kursga kelayotganlarning aksariyati ham shunday: yo uzoq vaqt kanalni kuzatib, yo oʻziga qilib bergan tizimimizni koʻrib, yo topshirgan loyihalarimiz natijasini koʻrib keyin qiziqib qolishadi. Oʻzi oʻrganishga keladi yoki xodimlarini beradi. Aynan shunday maqsadi aniq, ixlos bilan kelganlar juda tez natija qilib, ishlarini tizimga solib rahmat aytishyapti.

Shuning uchun avvalo qaysi ilmni organmoqchi bolsangiz ham aniq maqsad va ixlos bilan boshlang shunda natija kutganingizdan ham tezroq boʻladi.

👉 Kurs boyicha feedbeklar
@google_sheets_demo
🔥13❤5💯4❤‍🔥3👍3🏆2🗿2⚡1👏1🆒1
August 14, 2026 5.2K 14