🇺🇿 YANGI O‘QUV YILI - YANGI ORZULAR SARI
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan Farg‘ona davlat universiteti huquqshunoslik fakulteti dekani So‘fiyev Abduhakim Abdulazizovich Farg‘ona tumani Chimyon qishlog‘idagi o'zi tahsil olgan 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan Bilimlar kuni tadbirida ishtirok etdi.
Tadbir davomida maktab o‘quvchilarini yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘liq, quvonchli bolalik, a’lo baholar va kelajakdagi ezgu maqsadlari sari dadil qadamlar tiladi.
Yangi o‘quv yili barchaga ulkan muvaffaqiyatlar, yorqin marralar va ezgu yangiliklar olib kelsin! 📚✨🇺🇿
🔗FarDU rasmiy sahifalari
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website
1September 2, 2026 924



