🏛 Iqtisodiyot fakulteti yangi o‘quv yiliga tayyor!
🇺🇿 Farg‘ona davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti jamoasi 2026/2027-o‘quv yilini munosib kutib olish uchun barcha zarur tayyorgarlik ishlarini amalga oshirdi.
✨ Fakultetimizda talabalar uchun qulay va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish hamda yangi o‘quv yilini yuqori kayfiyatda boshlash uchun zarur sharoitlar hozirlandi.
🗣 Endilikda yangi marralar, yangi bilimlar va yangi imkoniyatlar sari birgalikda qadam tashlaymiz!
✅ Fakultet binosining geolokatsiyasi: Yozuv ustiga bosing
✅ Eslatib o‘tamiz, 2026/2027-o‘quv yili 1-bosqich talabalari uchun 7-sentyabrdan, 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun 14-sentyabrdan boshlanadi.
🔗FarDU rasmiy sahifalari
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website














