#Tanlov
#Istiqlol35
🇺🇿 “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans sari!” ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Farg‘ona davlat universitetida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans sari!” nomli keng qamrovli ijodiy ishlar tanlovining “Maqola” yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
🥇 1-o‘rin — Jurnalistika mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Ahliddin TURSUNOV
🥈 2-o‘rin — Fizika-matematika fakulteti, Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi 24.11-guruh talabasi Dilrabo YUNUSOVA
🥉 3-o‘rin — Sport faoliyati fakulteti, 25.174-guruh talabasi Gulchehra XUDOYQULOVA
🏆 G‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz! Ularga kelgusidagi ilmiy-ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyat, yangi yutuq va zafarlar tilaymiz!
🔗 FarDU Mushoira klubi rasmiy sahifasi: @fardu_mushoira_kanali

1September 3, 2026 1.1K 1 2